Villi Kabalero «Manchester Siti»ga qaytdi

«Manchester Siti»ning sobiq darvozaboni Villi Kabalero klubga qaytdi va jamoaning yangi bosh murabbiyi Entso Mareskaning murabbiylar shtabidan o'rin oldi.
2014 yildan 2017 yilgacha «Etihad»da uch yil o'tkazgan Argentina terma jamoasining sobiq posboni Mareska bilan «Lester» va «Chelsi»da ishlaganidan so'ng, endi asosiy jamoa murabbiyi sifatida klubga qaytib kelmoqda.
Kabalero 2016 yilda «Manchester Siti» bilan Liga kubogini qo'lga kiritgan va Pep Gvardiola qo'l ostida o'ynagan, shundan so'ng Mareska bilan murabbiylik faoliyatini boshlagan edi.
44 yoshli Kabalero endi murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi. Ushbu shtabdan bosh murabbiy yordamchisi Roberto Vitiello, murabbiy Denni Uoker, darvozabonlar murabbiyi Mikele De Bernardin, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Markos Alvares, tahlilchi Xaver Molina va boshqalar ham o'rin olgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar