Viktor Dyokeresh Shvetsiya terma jamoasi safida xet-trik qayd etdi.

27 yoshli hujumchi JCh-2026 saralashining pley-off yarim finali doirasida Ukrainaga qarshi kechagan bahsda (3:1) uch bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. U gollarning ikkitasini o'yindan urdi, yana birini esa o'zi ishlagan penaltidan amalga oshirdi.

Bu Dokeresh uchun 2025 yil 27 apreldan beri ilk xet-trikdir — o'shanda «Sporting» sharafini himoya qilayotgan hujumchi «Boavishta» darvozasiga uchta gol urgan edi.