Viktor Dyokeresh Aleksis Sanchesdan keyin «Arsenal»dagi debyut mavsumida 20 tadan ortiq gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, chililik hujumchi 2014/15 yilgi mavsumda o'z hisobiga 25 ta gol yozdirib qo'ygan edi.

Dyokeresh APLning 35-turi doirasidagi «Fulxem»ga qarshi o'yinda (1:0, birinchi bo'lim) raqib darvozasini ishg'ol qildi. Shu tariqa, hujumchining joriy mavsumda barcha turnirlarda «kanonirlar» safida kiritgan gollari soni 20 taga etdi.

«Arsenal» o'tgan yilning yozida shvetsiyalik futbolchini «Sporting»dan 63,5+10 million evro evaziga sotib olgan edi.