Frantsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra Kilian Mbappening JCh-2026 musobaqasidagi roli haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Mbappe tartibli o'ynashi va jamoadoshlariga yordam berishi kerak. U raqibga pressing uyushtirishda va jamoa uchun mehnat qilishda boshqalarga o'rnak bo'lishi lozim. Agar u buni uddalay olsa, sheriklarini o'z ortidan ergashtira oladi va bu unga yaxshi o'yin ko'rsatish imkonini beradi.

Top-futbolchilardan doim butun bir mamlakatni o'z elkalarida olib chiqishlarini kutishadi. Ammo hamma narsani bir o'zim qila olaman deb o'ylab, bu yukni yolg'iz ko'tarish juda qiyin bo'ladi.

1998 yilgi terma jamoamizda Zinedin Zidan bor edi, lekin shu bilan birga Dide Desham, Marsel Desayi va Loran Blan kabi futbolchilar ham bo'lgan. U erda ko'plab buyuk o'yinchilar yig'ilgan edi», – dedi Patrik Vieyra.