Vieyra: «Ispaniya Frantsiya uchun juda kuchlilik qildi»

O'tmishda taniqli bo'lgan frantsiyalik futbolchi Patrik Vieyra Jahon chempionati doirasidagi Frantsiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Frantsiya terma jamoasidan ikkinchi bo'limda ko'proq narsa kutgan edim. Menimcha, Ispaniya Frantsiya uchun juda kuchlilik qildi.
Desham jamoasiga o'ziga bo'lgan ishonch etishmayotgandek ko'rinadi. Ular ispanlardan qo'rqishdimi yoki yo'q, bilmayman. Jamoada o'yinni nazorat ostiga olish uchun xarakter etishmagandek tuyuldi. Mening xafsalam pir bo'ldi», — dedi Vieyra ITV efirida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar