«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra o'z sobiq jamoasi Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ni enga olishiga qat'iy ishonmoqda.

«Men doimo «Arsenal»ni Evropada «Pari Sen-Jermen»ni mag'lub etishga qodir bo'lgan yagona jamoa deb hisoblaganman. «Arsenal» juda yaxshi himoyalanishni biladi. Bu himoyalanishni yoqtiradigan va xohlaydigan hamda bu ishni uzoq vaqt davomida uddalay oladigan jamoadir.

Kvaratsxeliya-Dembele-Due hujum uchligi o'ta tezkorligi bilan ajralib turadi, biroq «Arsenal» — «birga-bir» vaziyatlarda juda kuchli jamoa. Ularning himoyachilari chaqqon va agressiv, eng muhimi esa — «Arsenal» standart vaziyatlarni ijro etishda «PSJ»ga ko'plab muammolar tug'dira oladi», — dedi Vieyra L'Equipe nashriga bergan intervyusida.