Vieyra «Arsenal» o'yinidagi muammolarni tahlil qildi

Londonning «Arsenal» klubi sobiq yulduzi, mashhur Patrik Vieyra jamoaning hozirgi muammolari haqida o'z fikrini bildirdi.
«Arsenal» mavsum boshidagi o'yin sozlamalariga qaytishi kerak. O'shanda jamoa sovuqqon edi, vaziyatni keskinlashtirishga harakat qilardi, imkoniyatlar yaratib, gollar urardi. Hozirda esa ular oldinga intilmasdan, to'pni shunchaki nazorat qilishga haddan tashqari berilib ketishgan», — deya Vieyraning so'zlarini keltiradi Metro nashri.