"Vilyarreal" himoyachisi Renato Veyga Chempionlar ligasi doirasida "Yuventus"ga qarshi o'yin haqida gapirdi. 

Portugaliyalik 90-daqiqada gol urdi.

"Men golni nishonladim, chunki o'yinga butunlay sho'ng'ib ketdim. Hech kimni xafa qilishni xohlamadim. "Yuventus"dagi vaqtim qisqa, ammo ajoyib o'tdi.

Bu klub qalbimda abadiy qoladi", - dedi Veyga.