«Vest Xem» sobiq bosh murabbiyi jamoaga qaytishga tayyor

Slaven Bilich agar bosh murabbiyni almashtirish bo'yicha qaror qabul qilinsa, mavsum davomida "Vest Xem"ni boshqarishga tayyor, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs.
Nunu Eshpiritu Santu "Vulverxempton"dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng kuchli bosim ostida.
"Vest Xem" rahbariyati Bilichdan tashqari, Maykl Kerrik nomzodini ham yuqori baholamoqda.
Bilich 2015-2017 yillarda "Vest Xem"da ishlagan. Xorvatiyalikning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al-Fatex" klubi bo'lib, u jamoani 2024 yilda tark etgan.