«Vest Xem» rahbariyati murabbiy kelajagini muhokama qilmoqda

«Vest Xem» klubi APLdan tushib ketgach, bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santuning jamoadagi faoliyati so'roq ostida qolmoqda. The Guardian nashrining yozishicha, londonliklar rahbariyatida portugaliyalik mutaxassisning taqdiri bo'yicha yagona to'xtamga kelinmagan.
Dushanba kuni Nunu rahbariyat bilan muzokara o'tkazdi, yakuniy qaror esa hafta oxirigacha e'lon qilinishi kutilmoqda. Klubning ikkinchi yirik aktsioneri Daniel Kretinskiy murabbiyni ishdan bo'shatishga qarshi chiqmoqda. Eng yirik aktsioner Devid Sallivan esa murabbiyga nisbatan u qadar ishonch bildirmayapti.
Eslatib o'tamiz, Nunu o'tgan yilning sentyabr oyida Grem Potter o'rniga kelgan va 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Kelishuvda klub murabbiyni tovon puli to'lamasdan ishdan bo'shatishi mumkinligi haqida band bor. Murabbiylikka nomzodlar sifatida Skott Parker, Slaven Bilich va Gari O’Nil nomlari tilga olinmoqda.