Yaqinda "Nottingem Forest" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan futbol mutaxassisi Nunu Eshpiritu Santu Premer-ligaga qaytishi mumkin.

Insayder Alan Niksonga ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik murabbiyning xizmatlariga Londonning "Vest Xem" klubi qiziqish bildirmoqda. "Bolg'achilar" Grem Potterni ishdan bo'shatish haqida jiddiy bosh qotira boshladi.

Angliya chempionatining 4-turidan keyin "Vest Xem" 3 ochko jamg'ardi. Londonliklar turnir jadvalida 18-o'rinni egallab, xavfli zonada qolmoqda. Premer-liganing navbatdagi bahsida "bolg'achilar" o'z maydonida "Kristal Pelas" bilan kuch sinashadi.