"Vest Xem" Paketani sotmoqda - Romano summani aytdi

Yarim himoyachi Lukas Paketa klubini o'zgartirmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, "Vest Xem" va "Flamengo" futbolchining transferi bo'yicha kelishib olgan. London klubi chorshanba kuni "Flamengo"ning Paketa bo'yicha 42 million evrolik taklifini qabul qildi.
Bir necha kundan so'ng 28 yoshli Paketa vatani Braziliyaga qaytib, "Flamengo" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Lukas Paketa "Vest Xem" safida turli musobaqalarda 139 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda braziliyalik futbolchi 23 ta gol va 15 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.