"Vest Xem" o'z muxlislarini ogohlantirdi

Angliya Premer-ligasida shanba kuni London derbisi bo'lib o'tadi, "Vest Xem" va "Tottenxem" bahs olib boradi.
"Bolg'achilar" o'yin oldidan kuchaytirilgan xavfsizlik choralari haqida ogohlantirdi.
Choralardan biri qo'sh sharflarni taqiqlashdir. Bu mehmon klub sharflarini nazarda tutadi, ularning yarmida bir klubning gerbi, ikkinchisida esa boshqa klubning gerbi aks ettirilgan.
"Vest Xem" mehmondagi muxlislarning stadiondagi uy sektorlariga kirishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilmoqda.