"Vest Xem" "Monako"dan tayanch yarim himoyachisi Sungut Magassani 17+3 mln evroga sotib oldi.

21 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolangan.

O'tgan mavsumda Magassa Liga 1da 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilgan, 5ta sariq kartochka olgan va maydonda o'rtacha 48 daqiqa harakat qilgan. Shuningdek, u Frantsiya U21 terma jamoasida ham o'ynagan.