"Vest Xem"ning 19 yoshli vingeri Luis Gilerme Portugaliyaning "Sporting" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Sporting" allaqachon Gilerme bilan muzokaralarga kirishgan. Ammo futbolchini "Portu", "Benfika", "Shaxtyor", "Napoli" va "Fiorentina" klublari ham kuzatib bormoqda. Yosh braziliyalik uchun "Vest Xem" taxminan 30 million evro talab qilmoqda.

2024 yilning yozida "bolg'achilar" Gilermeni 23 million evroga sotib olgandi. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida vinger beshta uchrashuvda maydonga tushdi va ularda samarali harakatlar qayd etmadi.

Gilermening "Vest Xem" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.