"Vest Xem" ijaraga olgan futbolchisini qaytarib yubordi

"Vest Xem" Igor Julioni "Brayton"ga qaytardi.
Sentyabr oyi boshida londonliklar himoyachini mavsum oxirigacha ijaraga olgandi. Bugun klub futbolchining ijarasi yakunlanganini tasdiqladi.
27 yoshli futbolchi "bolg'achilar" safida bor yo'g'i 4 ta o'yin o'tkazgan.