"Vest Xem" hujumchisi omadini Italiyada sinab ko'radi

"Vest Xem" hujumchisi Niklas Fyullkrug faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
Ingliz klubi va "Milan" nemis hujumchisining Italiya jamoasiga qo'shilishi bo'yicha kelishuvga erishishdi, deya xabar beradi insayder Florian Plettenberg.
"Rossonerilar" Fyullkrugni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishadi. Shartnomada Milan klubi yozda foydalanishi mumkin bo'lgan sotib olish optsiyasi mavjud.