"Vest Xem" himoyachisining "Marsel"ga o'tishiga rozi bo'ldi

Londonning "Vest Xem" klubi qanot himoyachisi Emerson Palmeri faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "bolg'achilar" o'z futbolchisini 1 million evro evaziga "Marsel"ga sotib yuboradi.
Futbolchi bugun Frantsiyaga uchishi va tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.