"Vest Xem" sardori Jarrad Bouen poytaxt klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli vinger Nunu Eshpiritu Santu qo'l ostida jamoa natijalari yaxshilanmasa, kelasi yozda "Vest Xem"ni tark etish imkoniyatini ko'rib chiqadi. Ta'kidlanishicha, Bouen eng yuqori saviyada o'ynashga intiladi. Shu bilan birga, "bolg'achilar" yaxshi pozitsiyada, chunki Bouen 2023 yildayoq etti yillik shartnoma imzolagan. Shunday qilib, uning amaldagi shartnomasi 2030 yilda o'z nihoyasiga etadi.

Bouen joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.