"Vest Xem" braziliyalik hujumchi transferini e'lon qildi

"Vest Xem" rasmiy sayti "Jil Visente"dan hujumchi Pablo Felipe transferini e'lon qildi.
22 yoshli braziliyalik futbolchi yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi. U Angliyada 19-raqam ostida o'ynaydi.
Bu mavsumda Pablo Portugaliya chempionatida 9ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi.