"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner faoliyatini AQShda davom ettiradi.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, nemis "San-Xose"ga o'tish bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. Hujumchi allaqachon Amerika klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan va uning "buqalar" bilan shartnomasi bekor qilingan.

Verner fevral oyi oxiridan boshlab "San-Xose"da o'ynay boshlaydi. "Leyptsig" futbolchiga shartnomani bekor qilgani uchun tovon puli sifatida ikki million evro to'ladi.

Timo Verner 2022 yilda 20 million evro evaziga "Chelsi"dan "Leyptsig"ga o'tgandi. Shuningdek, u 2016 yildan 2020 yilgacha klubda o'ynagan.