Veri: "Milan" uchun haftada bir o'yin - katta ustunlik"

"Milan"ning sobiq hujumchisi Kristian Veri (2005 yilda bir necha oy davomida klubda o'ynagan) Evrokuboklarning yo'qligi klub uchun katta ustunlik ekanligiga shubha qilmaydi.
"Bu katta ustunlik, lekin baribir o'ynab ochko to'plash kerak, chunki hech kim uni shunchaki berib qo'ymaydi. "Milan" etakchilar bilan yaxshi o'ynaydi, keyin esa o'rtamiyonalar va autsayderlar bilan ochko yo'qotadi," - deya Verining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, "Milan" ayni damda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Klub oxirgi marta 2022 yilda - Stefano Pioli boshqaruvida Italiya chempioni bo'lgandi.