Veri: "Konte zaxira o'rindig'idan samarali foydalanish borasida chempion"

Sobiq hujumchi Kristian Veri bir vaqtlar Turinning "Yuventus" klubida birga o'ynagan Antonio Kontening iste'dodini yuqori baholaydi.
"Hech qanday inqiroz bo'lmagan. "Napoli" o'yinlarda mag'lub bo'ldi, ammo bu Chempionlar Ligasi kabi turli musobaqalarda o'ynaganda sodir bo'ladi.
Konte zaxira o'rindig'idan samarali foydalanish borasida chempion va muammolar paydo bo'lganda, ularni hal qilish kerak", - deya Verining so'zlaridan iqtibos keltiradi calcionapoli1926.it.