Veri: «Bastoni o'z taqdirini o'zi hal qilishga haqli»

«Inter» va Italiyaning boshqa yirik klublari sobiq hujumchisi Kristian Veri Alessandro Bastonining kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi. «Inter» himoyachisiga boshqa klublar tomonidan katta qiziqish bor va u jamoani tark etishi mumkin.
«Bastoni? U xoh qalbi, xoh aqli bilan bo'lsin, o'z qarorini qabul qilishga haqli. Uning har qanday tanlovi hurmatga loyiq va buni boricha qabul qilish kerak. Menimcha, u nohaq tazyiqlarga duchor bo'ldi. Shu bilan birga, u «Inter» uchun strategik muhim o'yinchi bo'lib qolmoqda, ammo istalgan futbolchining o'rnini to'ldirish mumkin deb hisoblayman. Hatto «Barselona»da Messining o'rniga ham vaqti kelib o'rinbosar topildi», — deya Verining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.