Shveytsariyalik himoyachi Isaak Shmidt Germaniyaning "Verder" klubi safiga kelib qo'shildi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Angliyaning "Lids" klubining 25 yoshli futbolchisi yangi klubiga ijara asosida o'tdi. Shartnoma 1 mavsumga tuzilgan va sotib olish imkoniyatini nazarda tutadi.

"Lozanna" tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsumda "Lids" safida 14 ta, "Sankt-Gallen" safida 9 ta o'yinda maydonga tushgan (2 ta gol, 2 ta assist). Uning bozor qiymati 2,2 million evroga baholanmoqda.