«Verder» darvozabonlar pozitsiyasidagi o'zgarishlar haqida e'lon qildi.

Klubning asosiy darvozaboni Mio Bakxaus «Frayburg» safiga o'tdi.

Bremenliklar «Arsenal»dan estoniyalik darvozabon Karl Xeynni sotib oladi. Xeyn 2025/26 yilgi mavsumni nemis klubida ijara asosida o'tkazgan edi. «Verder» 3 million evro evaziga uni sotib olish huquqidan foydalandi.

Xeyn joriy Bundesliga mavsumida «Verder» safida 2 ta o'yinda maydonga tushib, ularning bittasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.