Vengerning fikricha, faqat bitta terma jamoa Frantsiyaning JCh-2026da g'olib chiqishiga to'sqinlik qilishi mumkin

«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda esa FIFAning futbolni global rivojlantirish bo'limi rahbari Arsen Venger Jahon chempionati-2026 favoritlari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Frantsiya Jahon chempionatida g'olib chiqadi. Men bilaman, siz: Albatta, o'zing frantsuz bo'lganing uchun shunday deyapsan, deysiz. Ammo ushbu Jahon chempionatini tahlil qiladigan bo'lsak, poezd ma'lum bir tezlikda ketmoqda va siz unga sakrab chiqishga qodir bo'lishingiz kerak. Masalan, Osiyo jamoalari o'yinlarning shiddati va sur'atiga dosh bera olmagani uchun musobaqani tark etishdi. Ularga raqobatlashish uchun texnik mahorat etishmadi.
Men uchun asosiy savol — bu Ispaniya. Agar hozirda kimdir Frantsiyani mag'lub eta oladigan bo'lsa, men Ispaniyani aytgan bo'lardim, chunki ularning texnik darajasi Frantsiyanikidan yuqori», — deya Vengerning so'zlarini keltiradi Mirror nashri.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar