Venger JCh-dagi 48 ta jamoa haqida fikr bildirdi

FIFAning futbolni global rivojlantirish bo'yicha rahbari Arsen Venger ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etgan JCh-2026 haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"48 ta jamoaga o'tish ko'plab savollarni keltirib chiqardi. Shaxsan men buni etika nuqtai nazaridan zarur deb hisoblayman, chunki hamma konfederatsiyalar ham bir xil sonli mamlakatlar bilan etarlicha namoyish etilmagandi. Hamma ham turnirda qatnasha olmasdi.
Bu mamlakatlarning saviyasi etarlicha balandmi, degan savollar bor edi va ularga javoblar berildi. Bu jamoalar nafaqat o'z salohiyatlarini isbotladilar, balki bizga ajoyib o'yinlar va yorqin tomoshalarni ham taqdim etishdi.
Albatta, hamma darhol Kabo-Verdeni eslaydi, ammo boshqa ko'plab mamlakatlar ham bo'ldi. Agar turnirni tahlil qilsak, jamoalar o'rtasidagi saviya farqi tobora kichiklashib borayotganini ko'ramiz", — dedi Venger.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar