«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Frantsiya futboli muvaffaqiyatining sabablari haqida o'z fikrini bildirdi.

«Menimcha, bizning muvaffaqiyatimiz ta'lim sifati, ko'plab mamlakatlarda e'tibordan chetda qoladigan iqtidorlarni aniqlash tizimi, shuningdek, Afrikadan kelgan immigratsiya bilan bog'liq.

Agar Frantsiya futboli tarixiga nazar tashlasangiz, bizning tariximiz immigratsiya bilan chambarchas bog'liqligini ko'rasiz.

Frantsiyalik birinchi «Oltin to'p» sohibi — Raymon Kopa — polyak millatiga mansub edi.

Keyin bizda Mishel Platini bo'ldi — kelib chiqishi italiyalik. Undan keyin Zinedin Zidan bo'ldi — kelib chiqishi jazoirlik.

Jan-Per Papen immigrant emas edi. Lekin bizda kelib chiqishi jazoirlik bo'lgan Karim Benzema, hozir esa afrikalik ildizlarga ega Usmon Dembele bor.

Ular bu erga kelishadi, chunki Frantsiyada haqiqiy ta'lim salohiyati borligini his qilishadi. Ular ko'pincha ishtiyoqqa to'la bo'lishadi, chunki eng yaxshi bo'lish uchun kurashishlari kerakligini yaxshi bilishadi», — dedi.

Manba: Stadion.uz