Venger FIFA prezidentligiga nomzodini qo'ymaydi

Vengyerdan tashqari, UEFA prezidenti Aleksander Cheferin, KONKAKAF rahbari Viktor Montalyani va OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim Al Halifa ham FIFA prezidentligi uchun kurashdan bosh tortgan. Ayni paytda o'z niyatini rasman bildirgan yagona nomzod Shveytsariya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Ramon Vega bo'lib turibdi.
FIFA prezidenti saylovi 2027 yil 18 mart kuni Rabotdagi kongressda bo'lib o'tadi, nomzodlardan arizalar esa 2026 yil 18 noyabrgacha qabul qilinadi.
Venger 2019 yildan beri FIFAning global futbolni rivojlantirish bo'limi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 1996 yildan 2018 yilgacha Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan va jamoani uch marta Angliya chempioni qilgan.
Kommentariyalar