Velotrek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Filippin mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatida yana 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi. Jamoamiz hisobiga oltin medalni ochkolar poygasi dasturida qatnashgan Nafosat Kozieva keltirdi. Batafsil:

Oltin:
Nafosat Kozieva (kattalar, ochkolar poygasi)

Kumush medal:
Ekaterina Makarochkina/Nadejda Barteneeva (yoshlar, medison)

Bronza:
Shoislom Shoakmalov (yoshlar, ochkolar poygasi)
Gulhayo Sattorova (yoshlar, ochkolar poygasi)

Manba: olympic.uz