Velosportchilarimiz «Asean track series» musobaqasini 4 ta medal bilan yakunlashdi

Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo'yicha «Asean track series» musobaqasining birinchi bosqichi nihoyasiga etdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Oltin medallar:
Sergey Rostovtsev (omnium)
Sergey Rostovtsev (skretch)
Sergey Rostovtsev (eliminatsiya)
Bronza medal:
Nafosat Kozieva (eliminatsiya)
Endi hamyurtlarimiz 10–11 yanvar kunlari mazkur shaharning o'zida tashkil qilinadigan 2-bosqichda ham o'z omadlarini sinab ko'rishadi.
Manba: olympic.uz