Penaltilar seriyasida g'alaba golini kiritgan shveytsariyalik Ruben Vargas Kolumbiya ustidan qozonilgan g'alabadan (0:0, penaltilar bo'yicha — 4:3) so'ng JCh-2026 chorak finaliga yo'l olganliklari haqidagi hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Sodir bo'lgan voqeani hali oxirigacha his qilib ulgurmadim deb o'ylayman. Ushbu lahza uchun Xudoga shukrona aytaman. Men hatto maydonga tusha olishimga ham to'liq ishonmagan edim. Biroq baribir tavakkal qilib ko'rishga qaror qildik va ortga nazar tashlab, jamoamga yordam bera olganimdan shunchaki minnatdorman va baxtliman.

Jamoamiz aql bovar qilmas darajada katta hajmdagi ishni bajardi va 120 daqiqadan ko'proq vaqt davomida maydonda jang qildi. Bugun bu erda futbol o'ynash umuman oson bo'lgani yo'q. Endi esa biz tarix yaratdik. Bu shunchaki ajoyib tuyg'u», — deya Vargasning so'zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Jahon chempionatining chorak finalida Shveytsariya Argentina bilan to'qnash keladi. Uchrashuv yakshanba, 12 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz