Vardi Raneri bilan uchrashishni xohlaydi

Angliyalik hujumchi Jeymi Vardi ehtimol faoliyatining so'nggi bobini boshlayotgandir - u "Kremoneze" taklifini qabul qilib, Italiya chempionatiga o'tdi.
Tabiiyki, italiyalik jurnalistlar 2016 yilda “Lester” Vardi va Klaudio Raneri bilan birga amalga oshirgan mo''jizani eslashmoqda.
Vardining o'zi ham Klaudio bilan Italiyada uchrashish niyatida ekanligini yashirmaydi. "Biz hali uchrashganimiz yo'q, lekin men buni xohlayman. Men Entso Mareska bilan gaplashdim, u menga shahar va umuman Italiya haqida ko'p gapirib berdi.
U menga bu erga kelishimni, taklifni qabul qilishni maslahat berdi", - deya Vardining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Raneri hozirda "Roma" shtabida faoliyat olib bormoqda.