Vardi: «Kante Mali terma jamoasida o'ynashi mumkin edi»

«Lester Siti» sobiq hujumchisi Djeymi Vardi Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi N’Golo Kante xalqaro faoliyati uchun milliy jamoani qanday tanlagani haqidagi voqeani so'zlab berdi. Vardi va Kante «Lester»da 2015/16 yilgi mavsumda — klub o'z tarixida ilk bor Angliya chempioni bo'lgan o'sha mashhur mavsumda jamoadosh bo'lishgan.
«Boshida Kante Frantsiya safida o'ynashni xohlamagan — u otasining xotirasi uchun Mali terma jamoasida to'p surishni orzu qilardi. Mashg'ulot bazasida jamoadoshlari taajjubini yashirmay, uni qat'iy ravishda ko'ndirishga urinishgan: «Nimalarni o'ylayapsan? Frantsiya baribir Jahon chempionatida g'olib chiqadi — Frantsiya terma jamoasini tanla!» — dedi Vardi The Touchline nashriga ijtimoiy tarmoqda.
Kante Frantsiya safidagi debyutini 2016 yilning martida o'tkazgan, ikki yildan so'ng esa Rossiyadagi turnirda jahon chempioniga aylangan. Jarohat tufayli yarim himoyachi JCh-2022ni o'tkazib yuborgan edi, JCh-2026da esa barcha o'yinlarni zaxirada o'tkazdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar