"Vaqting keladi": "Barselona"ning sobiq futbolchisi "Real" forvardi Endrikka murojaat qildi

Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay Madridning "Real" klubi futbolchisi Endrikni ruhlantirdi.
Joriy mavsumda 19 yoshli braziliyalik futbolchi deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti, shuning uchun u yanvarda ijaraga ketadi. Hujumchining ijtimoiy tarmoqlardagi postlaridan biri ostida Ispaniyaning "Barselona" va Madridning "Atletiko" klublarida o'ynagan Memfis Depayning izohi paydo bo'ldi.
"Sabr. Sening vaqting tez orada keladi," - deb yozdi hozirda Braziliyaning "Korintians" klubi sharafini himoya qilayotgan niderlandiyalik futbolchi.
Ehtimol, Depay Endrikning tez orada "Lion"ga o'tishiga ishora qilgandir - Memfisning o'zi 2017 yildan 2021 yilgacha frantsuz klubida muvaffaqiyatli o'ynagan.