Vaqti keldi: UEFA Isroil masalasini hal qiladigan sana aniq bo'ldi!

UEFA 23 sentyabr, seshanba kuniyoq Isroil klublari va milliy jamoalarini Evropa musobaqalaridan chetlatishni rejalashtirmoqda.
Bunday vaziyatda mamlakat terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining Evropa saralash bosqichida, Tel-Avivning "Makkabi" klubi esa Evropa Ligasida ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ladi.
Israel Hayom gazetasi xabar berishicha, Isroil 23-sanada bo'lib o'tadigan majlisda masalani ovozga qo'yilishining oldini olishga urinmoqda, chunki federatsiyalarning aksariyati unga qarshi kayfiyatda.