"Vaqt masalasi": Marselo Xabi Alonsoning "Real"dagi faoliyatiga baho berdi

Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Marselo Xabi Alonso davrida jamoaning ahvoli haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
"Men Xabi Alonsoning ashaddiy muxlisiman. Odamlar uni tanqid qilishni to'xtatishi vaqt masalasi. Biz uni qoldirishimiz kerak. Hozir oson davr emas, ammo "Real" har doim qaytadi," - deya Marseloning so'zlarini keltiradi The Touchline.