Vanoli - "Fiorentina" bosh murabbiyi!

"Spartak" sobiq bosh murabbiyi Paolo Vanolining agenti Andrea D'Amiko "Fiorentina"ga yangi bosh murabbiy tayinlangani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Avvalroq Rossiya kubogi sohibi "binafshalar" bilan mehnat shartnomasi imzolagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
- Ha, bu to'g'ri, Paolo "Fiorentina" bilan shartnomani uzaytirish imkoniyati bilan 1 yilga kelishuv imzoladi, - dedi agent.
O'n turdan so'ng "Fiorentina" Italiya A Seriyasida bor-yo'g'i to'rt ochko bilan turnir jadvalini yakunlab turibdi. Navbatdagi turda Vanoli shogirdlari "Jenoa" mehmoni bo'ladi.