Evropa ligasi doirasidagi o'yinda “Feyenoord” Birmingemning “Aston Villa” klubini qabul qilib, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Niderlandiya terma jamoasi ustozi Robin van Persi natija haqida fikr bildirdi.

"O'ylaymanki, bu o'yinda jamoa g'alabaga ko'proq loyiq edi. 0:2 hisobi menga g'alati tuyuldi. Biz g'alaba qozonish istagini ko'rsatdik.

Inobatga olinmagan gol? Menimcha, hakam noto'g'ri qaror qildi. Bu to'g'ri gol bo'lgandi. Keyinroq hakam mendan kechirim so'radi", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi BBC Sport.