Rud van Nistelroy Niderlandiya terma jamoasi murabbiylar shtabidan o'rin oladi.

Terma jamoaning sobiq hujumchisi 1 fevraldan 2026 yilgi jahon chempionati oldidan Ronald Kumanning yordamchisiga aylanadi.

49 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi "Lester" bo'lib, u erda 2025 yilning yozigacha bosh murabbiy lavozimida ishlagan.

"Lester"ga qadar u "MYu"da Erik ten Xagning yordamchisi bo'lgan, shuningdek, niderlandiyalik murabbiy 2024 yilda iste'foga chiqarilganidan keyin klub bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Rud Niderlandiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ikki marta - 2014-2016 va 2020-2021 yillarda faoliyat olib borgan.