Van Deyk: "U - jahon darajasidagi ajoyib o'yinchi"

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk muxlislar tomonidan muntazam tanqid qilinayotgan jamoadoshi Florian Virts haqida fikr bildirdi.
"Liverpul" uni sotib olishining juda jiddiy sababi bor: mening nazarimda, u jahon darajasidagi ajoyib futbolchi. U faqat yaxshilanishi mumkin, lekin buning uchun biroz vaqt kerak bo'ladi", - deya van Deykning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Yozgi transferlar vaqtida "Liverpul" 22 yoshli germaniyalik xavbek uchun 125 million evro to'lagan edi. Mersisaydliklar safida u barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.