Van Deyk «Liverpul»ning joriy mavsumdagi o'yinini «qabul qilib bo'lmas» deb atadi

«Liverpul» sardori va himoyachisi Virdjil van Deyk jamoaning bu yilgi ko'rsatkichlaridan keskin noroziligini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, klub hozirgi vaziyatda o'zining avvalgi darajasidan ancha yiroqlashib ketgan.
«Buni qabul qilib bo'lmaydi. Reallik shunday. Bu juda alamli va qabul qilish qiyin bo'lgan haqiqat. Har bir narsaning yakuni bor, jumladan, mening bu erdagi faoliyatimning ham. Hozirgi kunda biz barqaror emasmiz. Juda ko'p o'yinlarda yutqazyapmiz. Yaxshi damlar bo'lib turibdi, lekin ularni izchillik bilan davom ettira olmayapmiz. Ilgari biz bunday qiyinchiliklarni birgalikda engib o'tardik. Endi ham hammamiz birlashishimiz kerakligini anglashimiz lozim», — deya van Deykning so'zlarini Daily Mail nashri keltirmoqda.