Van Deyk "Liverpul"ning APL turnir jadvalidagi o'rni haqida fikr bildirdi

“Liverpul” markaziy himoyachisi Virjil van Deyk Premer-liganing 11-turida “Manchester Siti”ga qarshi 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi, deb xabar berdi ESPN nashri.
“Hozircha turnir jadvaliga qarashning hech qanday ma'nosi yo'q. Bunday mag'lubiyatlardan so'ng unga qarashdan foyda yo'q. Men anchadan beri o'ynayman va yaxshi bilaman — mavsum noyabrda tugamaydi. Hammasi bahorda qiziydi. Biz yuqori pog'ona uchun kurashamiz, lekin bunga etib borish uchun uzoq yo'l bosish kerak,” — dedi niderlandiyalik himoyachi.
Arne Slot shogirdlari 18 ochko bilan APL jadvalida beshinchi o'rinni egallab turishibdi. “Liverpul” etakchi “Arsenal”dan 8 ochkoga orqada.