"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk jamoaning yangi transferi Aleksandr Isak haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«U ajoyib yakunlovchi. Agar uning hujumni yakunlash ko'nikmalariga qarasangiz — bosh bilan zarba, chap oyoq, standart vaziyatlarda uzatmani gol bilan yakunlash — hozirgi paytda u mukammal hujumchi.

Xuddi shuni Ugo Ekitike haqida ham aytish mumkin. Ular bir-biridan uncha farq qilmaydi, juda yaxshi to'p nazoratiga ega, sheriklar bilan o'ynay olishadi, tezliklari bor — zamonaviy hujumchidan talab qilinadigan hamma narsa mana shu. Ikkovlon haqiqiy xavf, va yaxshi tomoni shundaki, ular hozir men bilan bir jamoada», - dedi niderlandiyalik futbolchi.