Van Deyk «Galatasaroy» taklifiga javob qaytardi

«Liverpul» sardori Virjil van Deyk yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida «Galatasaroy»ga ko'chib o'tishi mumkin. Tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, Turkiya klubi «qizillar»ning markaziy himoyachisini transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan.
Bundan tashqari, jurnalist Arda Ozkurtning xabar berishicha, niderlandiyalik yulduz agar «Liverpul» shu yozda uni qo'yib yuborishga rozi bo'lsa, taklifni qabul qilishga tayyorligini allaqachon «Galatasaroy» rahbariyatiga ma'lum qilgan. Van Deykning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida nihoyasiga etadi. Futbolchining transfer bahosi Transfermarkt portali tomonidan 18 million evroga baholangan. Shu yilning iyul oyida Virjil 35 yoshni qarshi oladi.