Van Deyk Chempionlar ligasining barcha davrlardagi rekordini o'rnatdi

"Liverpul" sardori Virjil van Deyk Chempionlar ligasi rekordchisiga aylandi. Chorshanba kuni 34 yoshli futbolchi "qizillar"ga umumiy bosqichning so'nggi turida "Qorabog'" ustidan yirik hisobda g'alaba qozonishga yordam berdi (6:0) va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. WhoScored xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi Chempionlar ligasi tarixida birinchi bo'lib turnirning bir o'yinida uchta golli uzatmani amalga oshirgan markaziy himoyachiga aylandi.
"Liverpul" ochkolarini 18taga etkazib, 3-o'rin bilan 1/8 finalga yo'l oldi. Futbol bo'yicha Angliya Premer Ligasining 24-turida Arne Slot jamoasi 31 yanvar, shanba kuni o'z maydonida "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.