Van Deyk APL futbolchilari orasida antirekord o'rnatdi

"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk yoqimsiz natija qayd etdi.
Niderlandiyalik futbolchining aybi bilan Chempionlar Ligasi doirasida PSVga qarshi o'yinda "qizillar" darvozasiga penalti belgilandi - mersisaydliklar sardori to'pni qo'li bilan o'ynadi.
Opta xabariga ko'ra, van Deyk joriy mavsumda barcha turnirlarda o'z darvozasi tomon uchta penalti belgilanishiga sababchi bo'lgan - bu Premer-liganing boshqa har qanday vakilidan ko'proq.