Van Deyk APL-2025/26 mavsumining eng yaxshi niderlandiyalik futbolchisini aytdi

«Liverpul» sardori Virjil van Deyk o'tgan Premer-liga mavsumida uning hamyurtlaridan kim eng yaxshi o'yin ko'rsatganini ma'lum qildi.
«Bu mavsumda APLning eng yaxshi niderlandiyalik futbolchisi kim bo'ldi? Timber», — dedi van Deyk Viaplay nashriga bergan intervyusida.
Yurren Timber chempionat doirasida «kanonirlar» safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.