Edvin van der Sar Krishtianu Ronalduning "MYu"dagi maqsadga intiluvchanligini esladi.

Sobiq darvozabon 2005-2009 yillarda portugaliyalik hujumchi bilan "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.

"Krishtianu aql bovar qilmas darajada edi: u har doim mashg'ulotdan oldin va keyin zalda edi. Men hech qachon bunday muvaffaqiyatga chanqoq yigitni ko'rmaganman.

U doim menga: "Edvin, men dunyoda eng zo'ri bo'laman," derdi. Men undan haddan oshmaslikni so'radim, biroq u haq bo'lib chiqdi", - dedi van der Sar.